main wrapper feedback wrapper map

Tadbirlar


Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sovutilgan holda saqlashning zamonaviy texnologiyalariga bag’ishlangan seminarda ishtirok etish uchun taklifnoma

O'tkazish davri: 11.02.2010 - 11.03.2010

O'tkazish joyi: «Grand Mir» mehmonxonasi (Toshkent sh., D. Kunayev ko'chasi, 2)

Maqsad va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, BMT Taraqqiyot dasturining “O’zbekiston Forumi” loyihasi AQSH Xalqaro rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda xo’jalik sub’yektlari rahbarlari va tadbirkorlarini O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik mahsulotlarini sovutilgan holda saqlash texnologiyalarini joriy etishga bag’ishlangan seminarga taklif etadi.

MAQSAD:
Qiziqish bildirgan kompaniyalar va tadbirkorlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sovutilgan holda saqlash asoslari to'g'risida ma'lumot berish, ushbu sohadagi ilg'or texnologiyalar bilan tanishtirish va mahsulotlarni sovutish yo'li bilan saqlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
   
MUHOKAMA TILI:
Rus va o'zbek tillari
   
TAKLIF QILINAYOTGANLAR:
Xo'jalik sub'yektlarining rahbarlari, tadbirkorlar, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sovutilgan holda saqlash sohasiga aloqador boshqa tashkilotlar.
   
QATNASHISH SHARTLARI:
Seminarda qatnashish bepul. Ishtirok etishni xohlovchilar http://www.bfu.uz/userfiles/documents/workshop_uzb.doc web-sahifasida joylashtirilgan ishtirokchilar anketasini to'ldirib, uni amir.kamilov@chamber.uz elektron manziliga yoki (+998 71) 233-77-49 raqamiga faks orqali yubotrishlari lozim.
   
RO'YXATGA OLISHNING SO'NGGI MUDDATI:
1 mart 2010 yil


calendar