main wrapper feedback wrapper map

Tadbirlar


Biznes Forumning Fiskal siyosatni takomillashtirish bo`yicha Ekspertlar Kengashi doirasida “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalalari” mavzuidagi eg`ilishi

O'tkazish davri: 19.11.2008 - 19.11.2008

O'tkazish joyi: Radisson SAS Toshkent mehmonxonasining konferents-zali.
Toshkent sh., Amir Temur ko’chasi, 88

EK doirasi bo'yicha: Fiskal siyosatni takomillashtirish

Maqsad va vazifalari: Biznes forum barcha manfaatdor shaxslarni jalb qilgan holda buxgalteriya va audit tizimining istiqbollari, mavjud bo`lgan kamchiliklar, xususan tizimni me`yoriy-huquqiy tartibga solish asosini takomilashtirish va moliyaviy hisobotlar tamoyillarini yaxshilash masalalarini atroflicha muhokama qilish maqsadida tashkilashtirildi.

Muhokama qilinadigan masalalar: Ushbu tadbir davomida auditorlik faoliyatini isloh qilishagi so`ngi o`zgarishlar va mavjud bo`lgan dolzarb masalalar, Xalqaro audit standartlariga o`tish istiqbollari muhokama qilindi. Bundan tashqari, baholash auditi, investitsion ko`chmas mulk va qo`shma faoliyat buxgalteriya hisobi muammolari ko`rib chiqildi. Tadbir qatnashchilari mutaxassislar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar bilan tanishib chiqqan holda buxgateriya va audit sohasidagi me`yoriy-huquqiy asosni yanada rivojlantirish bo`yicha takliflarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Hamkorlar: BMTRD, O`zR SSP


calendar