main wrapper feedback wrapper map

Tadbirlar


Biznes-forum: «O’zbekiston Respublikasini tiklash va rivojlantirish fondi: taraqqiyot istiqbollari»

O'tkazish davri: 20.06.2007 - 20.06.2007

O'tkazish joyi: Iqtisodiy tadqiqotlar markazi.
Toshkent sh., Usmon Nosir 1-berk ko’chasi, 5-uy

EK doirasi bo'yicha: Moliya-bank sektorini rivojlantirish

Maqsad va vazifalari: 2007 yil 20 iyun kuni Iqtisodiy tadqiqotlar markazida «O’zbekiston Respublikasini tiklash va rivojlantirish fondi: taraqqiyot istiqbollari» mavzuida Biznes-forumning navbatdagi majlisi o’tqazildi. Tadbirda mamlakatimiz xususiy sektori, iqtisodiyot sohasidagi bir qator vazirliklar, shuningdek tahlilchilar jamoatchiligining vakillari hamda Fond mutaxassislari ishtirok etdilar.

Muhokama qilinadigan masalalar: Uchrashuv davomida ishtirokchilar Fond faoliyati sohasidagi bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar, uning faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish yo’llari haqida fikr almashdilar. Jumladan, Fondning asosiy vazifalari va funktsiyalari (masalan, barqarorlashtirish va investitsiya kiritish funktsiyalari o’rtasidagi muvozanatning qaerdaligi), Fond faoliyatini qo’shimcha moliyalashtirish manbalarini yaratish, Fondning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishi uchun ustuvor bo’lgan soha va yo’nalishlar (energetika, infratuzilma, tabiiy resurslarni qazib olish kabilar)ga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari Fondning tashkiliy tuzilishi va faoliyatining tartibini (protseduralarini) optimallashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirdilar. Forum davomida bildirilgan barcha tavsiya va takliflardan ishchi guruh Iqtisodiy tadqiqotlar markazining «Taraqqiyot va rivojlanish Fondi – O’zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vositasi» deb atalgan tahliliy ma’lumotnoma loyihasini takomillashtirishda foydalaniladi.

calendar