main wrapper feedback wrapper map

Biznes va hukumatning birgalikda ishlashi uchun kerakli qurollardan biri ekspert-maslahat beruvchi mahkamani vazifalarini bajaruvchi ekspertlar kengashidir. Hukumat va biznes vakillari o’rtasida dialogni tashkilashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi va BMT Rivojlanish Dasturi ko’magida uchrashuvlar – biznes forumlar o’tkazilib kelmoqda. Bu kabi dialoglar nafaqat tomonlar qiziqish va maqsadlarini tushunishga balki shu bilan birga olib borilayotgan islohatlarning amalga oshirishdagi samaradorligini oshirishga ham yordam beradi.

Ushbu biznes-forumlarni tashkilashtirishda hususiy sector vakillarining kengash tarkibida son jihatdan ko’pligini ta’minlash principi rioya qilinadi (3/5dan kam bo’lmagan). Ekspertlar kengashining tarkibida shuningdek davlat boshqaruv organlari, notijorat nodovlat tashkilatlor va ilmiy-tekshirish institutlari vakillari ham ishtirok etadilar. Ekspertlar kengashining asosiy maqsadlari bu biznes muhitini baholash va davlat organlariga uni takomilashtirishga yordam beradigan takliflarni ishlab chiqishdir.

O’tqazilayotgan va o’tqazilishi ko’zda tutilayotgan ushbu ekspertlar kengashlari to’g’risidagi to’liq ma’lumotni (qaerda va qachon o’tqaziladi, qatnashish va ro’yhatdan o’tish shartlari yoki virtual xat qoldirish) ushbu saytdan olish mumkin. Buning uchun siz faqat chap tarafdagi ustundan sizni qiziqtiradigan kengashni tanlang.


calendar