main wrapper feedback wrapper map

Loyiha haqida

O’zbekiston Biznes Forumi

 

Ozbekiston Biznes ForumiOzbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish Dasturining (BMTRD) qoshma loyihasi bolib ozining toliq faoliyatini 2006 yil Sentabr oyidan beri olib bormoqda. Loyihaning assosiy maqsadi hususiy sektorning mamlakat barqaror rivojlanishida milliy, hududiy va tarmoqaviy rivojlanish strategiya va siyosaytlarini ishlab chiqish, tatbiq etish va kuzatish bosqichlarida faol qatnashishlari uchun kerakli mehanizmlarni taminlash va qolab-quvvatlashdir.

 

Loyihaning zimmasiga  quydagi ikki ozaro bogliq maqsadlar belgilab berilgan:

 

(a) Hususiy sektorning milliy, hududiy va tarmoqaviy rivojlanish strategiyalar va siyosatlari bo’yicha umumlashtirilgan va asoslangan tavsiyalarini O’zbekiston hukumatiga va rivojlanish jaroyonida qatnashayotgan boshqa tomonlarga etqazib berilishini va shuningdek hususiy sektorni ushbu jarayon amalga oshirilishida ishtirokini ta’minlab berish.

(b) Savdo-Sanoat Palatasining hususiy sektorni rivojlanishida ko’mak berish potencialini kuchaytirish va uning mamlakat barqaror rivojidagi hisasini oshirish.

 

Ushbu belgilab qo’yilgan maqsadlarga etishishda quyidagi yo’nalishdagi faoliyatlarni amalga oshirish va natijalarga etishish ko’zda tutilgan:

 

a1. Milliy Biznes Forumni yaratish; uning barqaror faoliyatini taminlash.

a2. Siyosiy tavsiyalar, chiqishlar, uchrashuvlar, publikaciyalar va x.k.lar orqali hususiy sektorning turli-xil rivojlanish strategiyalari va siyosat jihatlari bo’yicha (shuningdek tarmoqaviy strategiya va Turmush Tarzini Ko’tarish Strategiyalarini o’z ichiga oladigan va ular bilan chegaralanib qolmaydigan) siyosiy tavsiyalarini ishlab chiqish, ommalashtirish va qo’llab-quvvatlash.      

 a3. O’zbekistonda Hukumat-hususiy sector hamkorligini ishlab chiqish va uni qo’llab-quvvatlash, shuningdek izlanish olib borish va konsultatsiyalar berish yo’li bilan  Hukumat-hususiy sector hamkorlik loyihalarini ishlab chiqishda ko’maklashish.

a4. Milliy, hududiy va tarmoqaviy rivojlanish strategiyalarini amalgam oshirishda hususiy sektorning kuzatuviga sharoit tug’dirib beradigan metodologiyalarni ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash.

b1. Palataning tarmoqaviy biznes uyushmalarni barpo etishdagi, hususan O’zbekiston Eksportyorlari Uyushmasini barpo etish va uning barqaror faoliyat olib borishini ta’minlash yo’li bilan institutsiyaviy potencialini mahkamlash.

b2. Hususiy sektorning biznesni rivojlantirish bo’yicha konsultativ hizmatlarni ko’rsatish potencialini ko’tarish maqsadida Palataga O’zbekistonda Korporativ Boshqaruvi bo’yicha O’quv Markazni tashkilashtirishda ko’maklashish.

b3. Texnoparklarni barpo etish masalalari bo’yicha Palataning siyosiy tavsiyalarni ishlab chiqish va qo’lab-quvvatlashdagi institutsiyaviy potencialini rivojlantirish.

 

Loyiha Manzili:

Bukhoro ko’chasi, 6-uy

Toshkent, O’zbekiston

Tel.: + 998 71 232 08 94

Faks: + 998 71 233 77 49

Email: info@bfu.uz

Web: http://www.bfu.uz

 

calendar